Ayrim texnik vositalar soliq va bojdan ozod qilinadi

Prezident tomonidan 2024 yil 5 noyabrda imzolangan qonun (O‘RQ-992-son) bilan Soliq hamda Bojxona kodekslariga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mazkur qonun asosida Soliq kodeksiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining respublika hududiga olib kirilishini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar, shuningdek, mazkur texnik vositalar aksiz solig‘i solinadigan ob’yekt hisoblanmasligiga doir qo‘shimcha kiritilmoqda.

Bojxona kodeksiga ham yuqorida ko‘rsatilgan texnik vositalarni boj to‘lashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.

Shuningdek, harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa idoralar harbiy yuklarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imini to‘lashdan ozod qilinadi.