Soliqchilar 7 oylik faoliyatlarini tahlil qildi

Viloyat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi, 12 avgust — Soliq xizmati organlari tashkil etilgan kun hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Farrux Boboyev soliq xizmati organlari xodimlari mehnati natijasida joriy yilning 7 oyi davomida byudjetga tshshirilgan soliq tushumlari o‘tgan yilga nisbatan 130 foizga o‘sganligini ta’kidladi.
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat kengashi raisi Suhrob Rafiqov kasaba uyushmasi tarixi hamda bugungi faoliyati haqida ma’lumot berdi.
Tadbir davomida soliq organlarida samarali mehnat qilib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.