Mushukni o‘limdan qutqargan qarg‘a

Peruning Lima shahrida joylashgan ko‘pqavatli uy tomida o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi ob’yektiviga ikki hayvon o‘rtasidagi hamdardlikning ajoyib lahzalari tushib qoldi.

Beton yuzasida ozib ketgan moshrang mushuk yotardi. U shu qadar zaif va ozg‘in ediki, hatto qimirlashga holi yo‘q edi.Ertalab soat sakkizlar atrofida tumshug‘ida bir parcha non bilan bir qarg‘a kelib qo‘ndi. Qush uni o‘zi yeyish o‘rniga ehtiyotkorlik bilan nonni mushukning oldiga qo‘ydi va bir chetga o‘tib, unga ovqatlanishga ruxsat berdi. Kun davomida qarg‘a yana va yana qaytib keldi va har safar yegulik olib kelib, mushuk ovqatlanayotgan paytda sabr bilan uni kutdi.

Ertasi kuni qo‘shni uy egasi yana tomdagi mushuk va uning yoniga kelgan o‘sha qarg‘ani ko‘rib qoldi. Bunday muloqot unga go‘yo ular o‘rtasida sokin va o‘ziga xos rishta paydo bo‘lgandek g‘amxo‘rlik va beixtiyor mehr ifodasidek tuyuldi.

Keyinchalik mushuk davolanish va tiklanish uchun klinikaga olib borildi. Shunga qaramay, qarg‘a o‘zining nimjon do‘stidani xabar olish uchun har kuni ertalab tumshug‘ida oziq-ovqat bilan uchib kelishda davom etdi.

Noyob va ta’sirli voqea odamlarga rahm-shafqat eng kutilmagan joylarda, hatto hayvonot olamida ham namoyon bo‘lishi mumkinligi haqida eslatayotgan bo‘lsa ajabmas.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.