Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasiga boshliq tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining tegishli buyrug‘i bilan Luqmonov Sardor Ikromovich Agentlikning Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
S.Luqmonov 1989 yilda Payariq tumanida tug‘ilgan. 2011 yil Samarqand davlat chet tillar institutini, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan.
Ish faoliyatini O‘zLiDeP Samarqand viloyati kengashi apparati yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri lavozimidan boshlagan. 2014-2017 yillar davomida Samarqand shahar hokimligida mutaxassis, kotibiyat mudiri, hokim yordamchisi vazifalarida ishlagan.
So‘ngra Jomboy tumani hokimining, 2020 yil iyuldan esa Oqdaryo tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Sardor Luqmonov mazkur tayinlovga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.