Energiya samaradorligi milliy agentligi Samarqand viloyati bo‘limiga rahbar tayinlandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi energiya samaradorligi milliy agentligi direktorining tegishli buyrug‘i bilan Nazarov Umidjon Orifovich Agentlikning Samarqand viloyati bo‘yicha Energiya samaradorligini oshirish loyiha ofisi rahbari lavozimiga tayinlandi.

U.Nazarov mazkur tayinlovga qadar Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “China Energy International Group Samarqand Cement” MChJ shaklidagi xususiy korxonasi konsultanti sifatida faoliyat olib borgan.

Shuningdek, avvalroq Jomboy tumani hokimi, Past Darg‘om tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Samarqand filiali direktori kabi lavozimlarda ishlagan.