Viloyat hokimining sobiq o‘rinbosari inspeksiyaga rahbar bo‘ldi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbarining tegishli buyrug‘iga asosan, Shukurov Akmal G‘ayratovich viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

A.Shukurov 2018 yildan ushbu tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.

Viloyat hokimining shu yil 5 avgustdagi qarori bilan A.Shukurov o‘rniga Navro‘z Rahmonov viloyat qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga tayinlangan edi.