Yoshlar agentligi Samarqand viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Rahmonov Sherzod Shuhratovich O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Sh.Rahmonov tayinlovga qadar "Samarqand invest kompaniyasi" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Rahmonov Sherzod Shuhratovich 1991 yilda Narpay tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyati davomida 2020–2024 yillarda Narpay tumani hokimi, 2024–2026 yillarda Past Darg‘om tumani hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish hamda aholi farovonligini oshirish yo‘nalishlarida mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirgan.