Bulung‘urlik alimentdan qarzi bor ota choyxonada oshnalariga ziyofat bermoqchi bo‘lganida ushlandi
Farzand ta’minoti uchun belgilangan aliment majburiyatidan bo‘yin tovlagan shaxslar qayerda bo‘lishidan qat’i nazar qidiruvga olinadi.
Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi Bulung‘ur tuman bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatiga asosan qarzdor A.Q. uzoq vaqt aliment to‘lamasdan, 84 million so‘m qarzdorlikka yo‘l qo‘ygan. Shu bois, unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
- MIBning viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qidiruvdagi shaxs Jizzax viloyatidagi mashhur choyxonalardan birida do‘stlariga ziyofat tashkil qilmoqchi bo‘lgan vaqtida aniqlanib, ushlandi, - deb xabar bermoqda boshqarma axborot xizmati. - Shuningdek, Jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tuman sudining 2026 yil 29 iyul kungi qaroriga asosan, aliment to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.