Adliya aralashuvi bilan xodimning buzilgan huquqi tiklandi — ta’til pullari undirildi
Paxta seleksiyasi urug‘chiligi va agrotexnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasining sobiq xodimi A. X. tomonidan foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensatsiya pullari to‘lanmagani yuzasidan viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilingan.
Murojaat adliya organlari tomonidan o‘rganilib, fuqaroga ayrim yillar uchun ta’til pullari to‘langan bo‘lsa-da, avvalgi yillarga tegishli foydalanilmagan mehnat ta’tili kunlari uchun kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilmagani aniqlandi.
O‘tkazilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, fuqaro foydasiga jami 126 256 017 so‘m miqdoridagi foydalanilmagan mehnat ta’tili pullari to‘lanmay qolgani ma’lum bo‘ldi.
Qonunchilikka muvofiq, xodimga foydalanilmagan mehnat ta’tili kunlari uchun pul kompensatsiyasi to‘lanishi majburiy hisoblanadi.
Adliya organlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida fuqaroning buzilgan mehnat huquqlari tiklanib, unga tegishli bo‘lgan mablag‘lar to‘liq undirib berildi.