Jomboydagi Sarichashma-1 qishlog‘i Uchtepa deb qayta nomlandi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi “Jomboy tumanidagi aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risida” Qarori qabul qildi.

 O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 12 oktyabrdagi “Geografik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4- va 9-moddalariga muvofiq, Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasining 2026 yil 10 apreldagi yig‘ilish bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026 yil 4 maydagi (03/08-4769-son) ekspertiza xulosasini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ttizinchi sessiyasi QAROR QILADI:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2026 yil 4 maydagi (03/08-4769-son) ekspertiza xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Jomboy tumanidagi aholi punkti nomi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. O‘zbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi (I.Jabborov), viloyat statistika boshqarmasi (Sh.Qudratov), Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi (R.Hotamov), Jomboy tumani hokimligi (X.Nazarov) mazkur qaror ilovasida ko‘rsatilgan aholi punkti nomini belgilangan tartibda statistik hisobotlarda aks ettirilishini va ish yuritish hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
  4. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi (T.Aripov), viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi (S.Mamatqulov), Jomboy tumani hokimligi (X.Nazarov) o‘zgartirilgan aholi punktiga aholini ro‘yxatga qo‘yish hamda tegishli yo‘l belgilarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
  5. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Ixtiyorov), viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” MChJ (N.Norbekov) mazkur qarorni “Zarafshon” gazetasida chop etilishini hamda Lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga o‘rnatilgan tartibda joylashtirilishini ta’minlasin.
  6. Viloyat hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Sh.Temirov) mazkur aholi punkti nomini 10 kun muddatda davlat reyestri bazasiga kiritish choralarini ko‘rsin.
  7. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (Sh.Jo‘raqulov) hamda viloyat hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Sh.Temirov) zimmasiga yuklatilsin.

Kengash raisi                         Sh. Negmatov

2026 yil 26 may

***

Jomboy tumanidagi aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risida

T/r

Geografik ob’yektning joylashgan o‘rni

Geografik ob’yektning amaldagi nomi

Geografik ob’yektning o‘zgarayotgan nomi

Respublika ekspertiza komissiyasi xulosasi

1.

Jomboy tumani

Sarichashma-1

Uchtepa

Qonun hujjatlari talablariga muvofiq