Jomboy tumani ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

U 150 tup terak daraxti kesilishi bo‘yicha chora ko‘rmaslik, tabiatga yetkazilgan zararni kamaytirish hamda transport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga fuqarodan 11 million so‘mlik kompyuter jamlanmasini olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tezkor tadbiri davomida fosh etildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.