Samarqandda “KNAUF” pardevorlari amalda sinovdan o‘tkazildi

22-avgust kuni Samarqanddagi “Neo Park”da “KNAUF” kompaniyasining “Pardevorlarni o‘zingiz tekshirib ko‘ring” interaktiv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar mahsulotlarni shunchaki tomosha qilish bilan cheklanmay, maxsus konstruksiyalarda ularning mustahkamligi va boshqa imkoniyatlarini bevosita sinab ko‘rishdi.

Tadbirning asosiy maqsadi qurilish materiallari haqida tayyor ma’lumot berishdan ko‘ra, ularni odamlarning o‘ziga amalda ko‘rsatish edi. Shu bois “Neo Park”dagi maydon bir necha interaktiv zonalarga ajratildi.

MUSTAHKAMLIKNI O‘ZLARI TEKSHIRISHDI

Tashrif buyuruvchilarda eng katta qiziqish uyg‘otgan zonalardan biri pardevorlarning mustahkamligini sinash maydoni bo‘ldi. Maxsus konstruksiyalarga turnik va sport jihozlari o‘rnatilib, mehmonlarga ulardan foydalanib ko‘rish imkoniyati berildi. Basketbol interaktivi ham jarayonning bir qismiga aylandi.

“KNAUF” mutaxassislari pardevorning mustahkamligi faqat gipsokarton listiga bog‘liq emasligini tushuntirishdi. Bunda karkas, qatlamlar, mahkamlash elementlari va montaj texnologiyasi birgalikda ishlaydi.

15

PARDEVORNING ICHKI TUZILISHI HAM KO‘RSATILDI

Tadbirda mehmonlar tayyor devorning faqat tashqi qismini emas, uning kesimdagi namunasini ham ko‘rishdi. Metall profillar, gipsokarton qatlamlari, izolyatsiya materiallari va boshqa elementlarning qanday joylashishi amaliy tarzda namoyish qilindi.

Bu, ayniqsa, uyini ta’mirlayotgan yoki xona ichida pardevor qurishni rejalashtirayotgan tashrif buyuruvchilarda qiziqish uyg‘otdi.

TOVUSH IZOLYATSIYASI — NAZARIYA EMAS, TAJRIBA

Alohida zona tovush izolyatsiyasiga bag‘ishlandi. Mehmonlar maxsus konstruksiya yordamida devorning ikki tomonidagi tovush farqini solishtirib ko‘rishdi. Mutaxassislar tovush izolyatsiyasi darajasi ham tanlangan tizim, qatlamlar va izolyatsiya yechimlariga bog‘liqligini tushuntirishdi.

Tashrif buyuruvchilar televizor, tokcha, shkaf va boshqa buyumlarni pardevorga mahkamlash bo‘yicha ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi. Bunda tegishli tizim va mahkamlash elementlarini to‘g‘ri tanlash hamda montaj qoidalariga rioya qilish muhimligi ta’kidlandi.

“NEO PARK”DAGI TADBIR OILAVIY FORMATDA O‘TDI

Interaktiv maydon faqat qurilish mavzusiga qiziqadiganlar uchun emas edi. Bolalar va kattalar uchun o‘yinlar, viktorinalar, ijodiy mashg‘ulotlar va sovg‘alar tashkil qilindi. Shu sabab texnik namoyish “Neo Park”ning odatiy tashrif buyuruvchilari uchun ham qiziqarli dasturga aylandi.

Tadbir davomida mehmonlar mahsulotlarni o‘zlari ko‘rdi, sinadi, mutaxassislar bilan suhbatlashdi va shundan keyingina o‘z xulosalarini bildirishdi.

“KNAUF”ning Samarqanddagi tadbirida asosiy tamoyil ham shundan iborat bo‘ldi — mahsulot haqida faqat gapirish emas, uni amalda ko‘rsatish va odamlarning o‘ziga tekshirtirish.

Reklama huquqi asosida.