Bizni kuzating

“Eng fayzli hovli”, “Eng obod ko‘cha” va “Eng namunali mahalla” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazilmoqda

Mahallalar obodligi, ko‘rkamligi va aholi farovonligini ta’minlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda namunali mahallalar sonini ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan uch yo‘nalishda respublika bo‘ylab ko‘rik-tanlovlar tashkil etilmoqda.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
- "Eng fayzli hovli";
- "Eng obod ko‘cha";
- "Eng namunali mahalla".

Birinchi bosqich joriy yilning 9–14 noyabr kunlari  barcha mahallalarda, ikkinchi bosqich 16–25 noyabr kunlari tuman va shahar miqyosida hamda uchinchi bosqich 26–30 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida bo‘lib o‘tadi.

G‘oliblar munosib rag‘batlantiriladi.

Tuman (shahar) bosqichida:
1-o‘rin — 20 million so‘m;
2-o‘rin — 15 million so‘m;
3-o‘rin — 10 million so‘m.

Hududiy bosqichda:
1-o‘rin — 50 million so‘m;
2-o‘rin — 30 million so‘m;
3-o‘rin — 20 million so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.