Kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarga mas’ul rahbarlar biriktiriladi

2026 yil 5 yanvarda Prezidentimizning "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar – tuman (shahar) hokimlari, prokurorlari hamda ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlariga;

- besh yildan buyon “qizil” toifada bo‘layotgan mahallalar – Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari, viloyat darajasidagi ichki ishlar organlari rahbarlarining va hokimlarning o‘rinbosarlariga;

- uch yildan buyon “qizil” toifada qolayotgan mahallalar – huquq-tartibot idoralarining ta’lim va ilmiy tashkilotlariga;

- kriminogen vaziyati eng og‘ir tuman va shaharlar – viloyatlar darajasidagi prokurorlarning va ichki ishlar organlari rahbarlarining birinchi o‘rinbosarlariga;

- ayollar jinoyatchiligi, spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qo‘ygan shaxslar jinoyatchiligi hamda nizoli oilalar salmog‘i eng yuqori bo‘lgan mahallalar – tegishincha viloyatlar darajasidagi oila va xotin-qizlar, sog‘liqni saqlash hamda adliya boshqarmalari boshliqlariga biriktiriladi.