Bir qator mahallalarning bosh rejasi ma’qullandi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining bugun bo‘lib o‘tgan 16-sessiyasida 7 ta tumandagi yirik mahallalarni shaharsozlik jihatdan rivojlantirish hamda tayanch tarxi sxemalari, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari ma’qullandi.

Jumladan:
- Payariq tumanining Oqtosh mahallasi hamda chegaradosh Dehqonobod, Istiqlol, Do‘stlik va Beshqo‘rg‘on mahallalari;
- Nurobod tumanining Oqsoy mahallasi hamda chegaradosh Chortut va Mehnatkash mahallalari;
- Qo‘shrabot tumanining Sohibkor mahallasi hamda chegaradosh Buloqboshi, Navkat, Namuna, Do‘stlik va Mustaqillik mahallalari;
- Bulung‘ur tumanining Qo‘ng‘irot mahallasi hamda chegaradosh Zarafshon, Oqtepa va Kaptarxona mahallalari;
- Past Darg‘om tumanining Eski Juma mahallasi hamda chegaradosh Xovuzak, Katta Nayman, Olmazor va To‘qboy mahallalari;
- Narpay tumanining Barkamol mahallasi hamda chegaradosh Bolg‘ali, Narpay, Ko‘k ota va Ahillik mahallalari;
- Urgut tumanining Dehqonobod mahallasi hamda chegaradosh Yuqori Sanchiqul, Nisbot, Kenagas va Savg‘on mahallalari;
- Kattaqo‘rg‘on tumanining Yangirabot mahallasi hamda chegaradosh Mullatog‘ay, Mullako‘rpa va Kadan mahallalarining bosh rejasi, shaharsozlik jihatdan rivojlantirish hamda tayanch tarxi sxemalari, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari ma’qullandi.