Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Davlat bayroği — milliy ğurur va iftixor ramzi

18 noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarining malakasini oşiriş böyiça öquv kursida tahsil olayotgan «Mahalla raislari» guruhi tinglovçilari iştirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.

Unda «Zarafşon» va «Samarqandskiy vestnik» gazetalari tahririyati boş muharriri, xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputati Farmon Toşev iştirok etdi.

Suhbat davomida Davlat bayroğining mamlakatimiz mustaqilligi, milliy özligimiz, xalqimizning orzu-intilişlari va ezgu maqsadlarini ifoda etuvçi muqaddas ramz ekani alohida taʼkidlandi. Şuningdek, davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalaş, yoş avlod qalbida Vatanga muhabbat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyğusini mustahkamlaş, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

F.Toşev suhbat davomida mahalla tizimi vakillarining jamiyat hayotidagi örni, aholi bilan muloqot jarayonida milliy qadriyatlar, vatanparvarlik va maʼnaviy tarbiya tamoyillarining ahamiyati haqida ham söz yuritdi. Davra suhbatida tinglovçilar mavzu yuzasidan fikr almaşdilar.