Samarqandda jahon kriminologiyasining ilg‘or tajribalari o‘rganilmoqda
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan tadbirda xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar politsiya rahbarlari va kriminologlari, yetuk olimlar ishtirok etmoqda.
Xususan, xalqaro forumida:
- UNODC — BMTning Jinoyat va narkotiklar bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy boshqarmasi;
- TIKA — Turkiya Hamkorlik va taraqqiyot agentligi;
- GIZ — Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati;
shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi IIVning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarlari ham ishtirok etib, huquq-tartibot sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.

Forum qatnashchilariga Samarqand shahridagi “Mahalla yettiligi” ish faoliyati, IIVning turizm xavfsizligini ta’minlash hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘linmalari ish faoliyati ham tanishtiriladi.
Forumning eng muhim natijalaridan biri sifatida qator davlatlar politsiya va tadqiqot tuzilmalari bilan hamkorlikni tubdan kuchaytirishga qaratilgan hujjatlar tayyorlanmoqda.

Jumladan, Vengriya, Hindiston, Rossiya, Qatar, Turkiya, Xitoy, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston politsiya idoralari va kriminologiya sohasidagi tadqiqot tashkilotlari bilan sohalar bo‘yicha qator kelishuvlar rejalashtirilgan.