Viloyat Kengashining o‘ttiz yettinchi sessiyasi 18 sentyabr kuni o‘tkaziladi
Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning 15 sentyabr kuni qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, navbatdagi o‘ttiz yettinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
- viloyatning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida ichimlik suvi ta’minoti tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Samarqand suv ta’minoti” AJ direktori T.Boboyevning hisoboti haqida;
- viloyatning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida uy-joy fondini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Negmatovning hisoboti haqida;
- Samarqand viloyati tuman (shahar)larining mahallalarni chegaralarini belgilash to‘g‘risida;
- o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;
- Ishtixon tumanidagi aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari miqdorini belgilash to‘g‘risida;
- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
- Samarqand viloyatining viloyat byudjetidan 2026 yil davomida maqbullashtirilgan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
- viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki (OIIB) bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda energiya samaradorligi va toza energiya” loyiha konsepsiyasini kelishish to‘g‘risida;
- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyalarida mas’ul davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha axborot (hisobot)lari eshitilishini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
- xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2023 yil 16 avgustdagi “Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.