Samarqandlik talantli yoshlar ovoz imkoniyatlarini namoyish etdi

Mamlakatimizda iste’dodli yigit-qizlarni kashf etish maqsadida o‘tkazilayotgan «Yoshlar ovozi» tanlovi ayni kunlarda o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Mazkur nufuzli bellashuv 4 ta yo‘nalish (opera, an’anaviy ijro, baxshichilik va estrada) hamda 3 ta yosh toifasi (10-15, 16-22, 23-30 yoshlar) doirasida tashkil etildi.

Tanlovning 2026 yilgi mavsumida viloyatimizdan jami 48 ming 370 nafar yoshlar ishtirok etish istagini bildirib, ro‘yxatdan o‘tdi va shahar hamda tuman bosqichlarida o‘z mahoratini namoyish etdi.

Kecha, 16 may kuni mahalliy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng sara 144 nafar yoshlar tanlovning viloyat bosqichida o‘zaro bellashdi.

Ishtirokchilarning chiqishlarini odil va xolis baholash maqsadida har bitta yo‘nalish uchun Respublikadan kelgan nufuzli hakamlar hay’ati a’zolari jalb etildi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, quyidagilar 1-o‘rin sohiblari bo‘lishdi:

Opera yo‘nalishi
10–15 yosh — Saparov Jasurbek (Kattaqo‘rg‘on tumani)
16–22 yosh — Salohiddinov Otabek (Jomboy tumani)
23–30 yosh — Turopov Turobali (Samarqand shahri)

Baxshichilik yo‘nalishi
10–15 yosh — Yakubov Behruzbek (Nurobod tumani)
16–22 yosh — Saparboyeva Ravshan (Samarqand shahri)
23–30 yosh — Bakirov Rustam (Samarqand shahri)

An’anaviy ijro yo‘nalishi
10–15 yosh — Fayzullayev Sanjar (Ishtixon tumani)
16–22 yosh — Bahodirova Dilafruz (Kattaqo‘rg‘on tumani)
23–30 yosh — Zoirov Isroil (Urgut tumani)

Estrada yo‘nalishi
10–15 yosh — Abdukarimova Adel (Samarqand shahri)
16–22 yosh — Sirojiddinov Umidjon (Narpay tumani)
23–30 yosh — Mamatqulova Laylo (Payariq tumani).

Ushbu g‘olib yoshlar tanlovning Respublika bosqichida Samarqand viloyati sharafini himoya qilish yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.