Samarqandda yilning eng yaxshi kutubxonachisi aniqlandi
- 29.09.2022 18:25
- 148
- Ta’lim

"Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar kutubxonachilik sohasi, AKT va huquqiy savodxonlikdan test sinovida qatnashdi.
Shuningdek, kutubxonachilar kitoblarni targ‘ib va tavsiya qilish haqida viderolik yaratib, yig‘ilganlar e’tiboriga taqdim etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rin viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Nasiba Mirzayevaga, 2-o‘rin Kattaqo‘rg‘on tumani vakili Umida Hamrayeva hamda 3-o‘rin Jomboy tumanidan kelgan ishtirokchi Inobat Butunovaga nasib etdi. Tanlov g‘oliblari va ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ko‘rik-tanlovning ushbu bosqichi g‘olibi yakuniy - respublika bosqichida viloyatimiz nomidan ishtirok etadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Adab ilmida benazir inson
- 2 soat avval
- Mutolaa
Sport maktablariga qabul jarayonlari o‘zgardi(mi?)
- 2 soat avval
- Sport
Keksalar yugurishda yoshlarga o‘rnak bo‘ldi
- 2 soat avval
- Sport
Biror bola bog‘chadan chetda qolmaydi
- Bugun, 10:54
- Jamiyat