Samarqandda "Yilning eng yaxshi kutubxonachisi" kim?
- 09.10.2023 21:50
- 149
- Jamiyat
Bu "Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida ma’lum bo‘ldi.
Ishtirokchilar kutubxonachilik sohasi, AKT va huquqiy savodxonlikdan test sinovida qatnashdi. Shuningdek, kitoblarni targ‘ib va tavsiya qilish haqida videorolik yaratib, yig‘ilganlar e’tiboriga taqdim etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin viloyat axborot kutubxona markazi metodika xizmatining bosh mutaxassisi Iroda Shamshiyevaga, 2-o‘rin Kattaqo‘rg‘on shahar axborot kutubxona markazi abonementlarga xizmat kursatish xizmat rahbari Nilufar Inatullayevaga hamda 3-o‘rin viloyat axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati rahbari Marjona Shamshiyevaga nasib etdi.
Tanlov g‘oliblari va ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ko‘rik-tanlovning ushbu bosqichi g‘olibi yakuniy - respublika bosqichida viloyatimiz nomidan ishtirok etadi.
Jasurbek ShUKUROV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
OTMlarda kontrakt to‘lash muddatlari yangilandi
- 1 soat avval
- Ta’lim
«Prezident olimpiadasi» musobaqalari boshlandi
- 2 soat avval
- Sport
“CITES CoP20”: Samarqand deklaratsiyasi imzolandi
- 3 soat avval
- Dolzarb