Pashshalar yo‘q qilinsa, nima bo‘ladi?
Odamlar “befoyda” va “zarakunanda”, deb hisoblaydigan pashsha yoki chivinlardan qutulishni xohlaydi. Biologlar esa ularning yo‘q qilinishi ekologik falokatni keltirib chiqarishi haqida ogohlantiradi. Bu hasharotlar ko‘pchilik sezmaydigan o‘nlab vazifalarni bajaradi. Bitta pashshaning yo‘qolishi halokatli zanjirli reaksiyaga sabab bo‘ladi. Birinchi navbatda, organik parchalanish to‘xtab qoladi. Chivinlar chiqindilar, o‘lik hayvonlar tanasi va o‘simlik qoldiqlarining parchalanishida ishtirok etadi. Ularsiz sayyora chirigan moddalar bilan to‘lib ketgan bo‘lardi. Bunday holat kasalliklarning tarqalishi va tuproq ifloslanishiga olib keladi.
Ikkinchi zarba - qushlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Chunki qushlarning aksariyati pashshalar va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi. Ushbu oziq-ovqat manbayisiz qushlar halokatga uchraydi. Ular bilan birga hasharotxo‘r sutemizuvchilar yo‘qoladi.
Uchinchi ta’sir - changlatish jarayoni buziladi. Ba’zi pashshalar asalarilar kabi o‘simliklarni changlatadi. Agar dunyoda pashsha yo‘q bo‘lib ketsa, ko‘plab ekinlarning hosildorligi keskin pasayadi. Bu esa qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Oziq-ovqat zanjirining muhim qismi hisoblangan chivinlar baliqlar, amfibiya (ham suvda, ham quruqlikda yashay oladigan jonivor)lar, sudralib yuruvchilar va boshqa ko‘plab organizmlarni oziqlantiradi.
Pashshalarning yo‘q bo‘lib ketishi dunyo bo‘ylab ekotizimni vayron qiladi, million yillar mobaynida shakllangan muvozanat izdan chiqadi. Bundan tashqari, chivinlar azot almashinuvida ishtirok etadi, ularning lichinkalari organik moddalarni qayta ishlaydi va bu elementlarni tuproqqa qaytaradi. Bu jarayonsiz tuproq kuchsiz bo‘ladi, o‘simliklarning o‘sishi yomonlashadi, hosildorlik pasayadi.
Pashsha va chivinlarning ayrim turlari zararkunandalarga qarshi kurashda yordam beradi. Ular qishloq xo‘jaligi uchun zarar yetkaza olishi mumkin bo‘lgan hasharotlar lichinkalarini yo‘q qiladi. Agar chivinlar yo‘qolsa, fermerlar uchun muammolarni keltirib chiqaradi.
Biolog olimlarning fikricha, chivinsiz dunyo iflosroq, qashshoqroq va xavfliroq bo‘ladi. Ko‘zdan yashirin bo‘lgani uchun ularning roli kam baholanadi. Eng yoqimsiz mavjudotlar qanchalik muhim ahamiyatga ekanligini tushunganida odamlarning tabiatga munosabati o‘zgargan bo‘lardi.
Xullas, sayyoramiz pashshalarsiz yashay olmaydi.