Britaniya hukumati yarim asr davomida bunday radikal qadam tashlamagan: Trass hukumati boylar uchun soliqlarni kamaytirishni rad etdi
Britaniyaning yangi bosh vaziri Liz Trass hukumati yillik daromadi 150 ming funt-sterlingdan oshadiganlar uchun qirollikdagi maksimal daromad solig‘i stavkasini 45 foizdan 40 foizga kamaytirish rejalaridan voz kechdi.
Ushbu chora boshqalar qatori, moliya vaziri Kvazi Kvarteng tomonidan bor-yo‘g‘i 10 kun oldin rag‘batlantirish chorasi sifatida kiritilgan va bozordagi tartibsizliklar, muxolifat va hatto konservativ deputatlarning qarshiligiga sabab bo‘lgan.
Moliya vaziri bugun Birmingemda Konservativ partiya konferensiyasida nutq so‘zlashi rejalashtirilgan. U yerda namoyishchilar Buyuk Britaniya byudjetini 45 milliard funt-sterlingga qisqartirish taklif qilingan iqtisodiy chora-tadbirlar paketini bekor qilishni talab qilmoqda.
Hukumatning o‘tgan haftadagi rejalari milliy valyuta kursining rekord darajada pasayishiga olib keldi va Angliya bankini iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun favqulodda intervensiyani boshlashga majbur qildi.
Takliflar Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi tomonidan ham tanqid qilindi va ular bu harakat tengsizlikni kuchaytirishini bashorat qildi.
Bundan tashqari, hukumatning elektr energiyasi narxlarini muzlatish bo‘yicha e’lon qilgan subsidiyalari tufayli ikki yil davomida byudjet yana kamida 150 milliard funt-sterling (168 milliard dollar)ga tushadi. Britaniya hukumati yarim asr davomida bunday radikal qadam tashlamagan edi.