Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Soyadan - şaffof iqtisodiyot sari

Samarqand viloyatida soliq maʼmurçiligini takomillaştiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va byudjet daromadlarini oşiriş borasida qanday natijalarga erişilmoqda?

Iqtisodiyotning barqaror rivojlanişi, avvalo, qonuniy tadbirkorlik muhiti, adolatli soliq tizimi va mustahkam byudjet daromadlariga boğliq.

Zero, byudjetga tuşgan har bir söm ortida aholi turmuş farovonligini yuksaltiriş, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş, taʼlim, tibbiyot va boşqa muhim sohalarni moliyalaştiriş imkoniyatlari mujassam.

Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida soliq organlarining faoliyati ham tubdan özgarmoqda. Endilikda asosiy eʼtibor faqat soliq undirişga emas, balki tadbirkorlarga yaqindan kömaklaşiş, iqtisodiy faoliyatni qonuniylaştiriş, raqamli xizmatlarni kengaytiriş va soliq tölaş madaniyatini yuksaltirişga qaratilmoqda.

Samarqand viloyatida 2026 yilning dastlabki töqqiz oyida erişilgan natijalar ana şu yangiça yondaşuvning amaliy ifodasidir.
Joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida Samarqand viloyati uçun belgilangan 5 trln 341,5 mlrd sömlik byudjet daromadlari prognozi amalda 6 trln 80,2 mlrd sömga bajarildi. Natijada rejaga nisbatan 738,7 mlrd söm qöşimça mablağ byudjetga jalb etildi.

Ayniqsa, yilning uçinçi çoragida sezilarli ösiş kuzatildi. Uşbu davrda byudjetga 2 trln 255,8 mlrd söm mablağ tuşirilib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 574 mlrd sömlik ösiş taʼminlandi.

Mazkur körsatkiçlar soliq maʼmurçiligini takomillaştiriş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş va soliq bazasini kengaytiriş borasidagi işlar natijasini körsatadi.

Eʼtiborlisi, viloyatda soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajariş darajasi oşib bormoqda. Bu esa soliq tölovçilarning masʼuliyati va tölov intizomi yuksalib borayotganidan dalolat beradi.

Bugun soliq xizmati tizimidagi eng muhim özgarişlardan biri - tadbirkor bilan munosabatlarni hamkorlik va özaro işonç asosida taşkil etişdir.
Mahallalardagi soliq inspektorlari «mahalla yettiligi» bilan hamkorlikda aholini tadbirkorlikka jalb etiş, faoliyati töxtab qolgan subʼyektlarni qayta işga tuşiriş, yangi iş örinlarini yaratiş va qonuniy faoliyat yuritişga kömaklaşmoqda.

Natijada joriy yilning töqqiz oyida 5105 ta tadbirkorlik subʼyektining faoliyati tiklandi, 860 ta böş turgan obʼyekt işga tuşirilib, 897 ta yangi iş örni yaratildi. Şuningdek, noqonuniy faoliyat yuritib kelgan 593 nafar tadbirkor belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkazildi.

Korxonabay işlaş tizimi doirasida korxonalarning tovar aylanmasi 73,9 trln sömga yetib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 6,9 foizga ösdi. Xodimlar soni esa 19,8 ming nafarga köpaydi.

Zamonaviy soliq tizimini raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etiş qiyin. Elektron hisobvaraq-fakturalar, onlayn nazorat-kassa texnikalari va avtomatlaştirilgan tahlil tizimlari iqtisodiy munosabatlarni oçiq va şaffof taşkil etişga xizmat qilmoqda.

Samarqand viloyatida 2026 yil yilning ötgan 9 oyi mobaynida onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalaniş tizimi orqali 81 milliondan ortiq xarid çeki rasmiylaştirilib, ular böyiça tovar aylanmasi 29,4 trln sömni taşkil etdi.

Şu davrda elektron hisobvaraq-fakturalar orqali rasmiylaştirilgan tovar aylanmasi qöşilgan qiymat soliği bilan birga 73,4 trln sömga yetdi.
Bu raqamlar şunçaki statistika emas. Har bir elektron çek, har bir rasmiylaştirilgan şartnoma va hisobvaraq-faktura iqtisodiyotda şaffoflikni taʼminlaş, yaşirin aylanmalarni qisqartiriş hamda halol raqobat muhitini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş - iqtisodiy islohotlarning ustuvor yönalişlaridan biri. Çunki rasmiy iqtisodiyotdan taşqarida qolgan har qanday faoliyat byudjet daromadlariga, soğlom raqobatga va xodimlarning ijtimoiy himoyasiga salbiy taʼsir körsatadi.
Şu bois Samarqand viloyatida mutasaddi idoralar hamkorligida 38 ta yönaliş böyiça manzilli çora-tadbirlar belgilab olingan.

2026 yilning töqqiz oyida amalga oşirilgan işlar natijasida 12 trln 78,9 mlrd sömlik iqtisodiy aylanmalar «soya»dan çiqarildi. Yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş böyiça belgilangan manbalardan amalda 2 trln 355,4 mlrd sömlik natijaga erişilib, töqqiz oylik reja 112,5 foizga bajarildi.

Davlat tomonidan tadbirkorlik subʼyektlariga berilayotgan soliq yengilliklari ham özining ijobiy samarasini körsatmoqda.
Jumladan, "Tekşiruvdan–servisga" tamoyili asosida soliq maʼmurçiligini soddalaştiriş va biznes uçun qulay şaroitlar yaratişga qaratilgan çoralar natijasida joriy yil boşidan buyon Samarqand viloyatida 3370 ta xöjalik yurituvçi subʼyektga 5 994 holatda jami 272 mlrd. sömdan ortiq QQS summalari tekşiruvlarsiz avtomatik tarzda qaytarildi.

Şuningdek, umumiy ovqatlaniş, savdo va xizmat körsatiş sohalarida faoliyat yuritayotgan 1382 ta tadbirkorlik subʼyekti QQSni hisoblaş va tölaşning soddalaştirilgan tartibiga ötiş yuzasidan xabarnoma taqdim etdi.

«Ikkinçi imkon» iqtisodiy amnistiyasi doirasida 946 ta xöjalik yurituvçi subʼyektning soliq hisobotlarini öz vaqtida taqdim etmaganligi uçun qöllanilgan 2,7 mlrd sömga yaqin tölanmagan maʼmuriy jarimalari bekor qilindi.

Bunday çoralar tadbirkorlar uçun moliyaviy yukni yengillaştiriş, ularni qonuniy faoliyatga rağbatlantiriş va davlat bilan biznes örtasidagi işonçni yanada mustahkamlaşga qaratilgan.

Erişilgan natijalar bilan bir qatorda, hali hal etilişi lozim bölgan masalalar ham bor. Ayrim tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan haqiqiy tovar aylanmalarining töliq aks ettirilmayotgani, yer va mol-mulk obʼyektlarini hisobga olişdagi tafovutlar, soliq qarzdorligini qisqartiriş zarurati şular jumlasidandir.

Şuning uçun yilning qolgan davrida ham soliq intizomini mustahkamlaş, tadbirkorlarga amaliy kömak körsatiş, idoralararo hamkorlikni kuçaytiriş va raqamlaştiriş kölamini kengaytiriş ustuvor vazifa bölib qoladi.

Muhimi, bugungi soliq islohotlarining asl mazmuni faqat byudjetga köproq mablağ jalb etiş bilan çeklanmaydi. Uning zamirida qonuniy mehnatni rağbatlantiriş, halol tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, adolatli raqobatni taʼminlaş va har bir fuqaroning iqtisodiy faolligini oşirişdek ezgu maqsadlar mujassam.

Davron Ravşanov,

viloyat soliq boşqarmasi axborot xizmati rahbari.