Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Yuragida quyoş izlari

Mahmudjon Mardiyev Navoiy va Samarqand viloyatlari birlaşgan paytda Zarafşon tahririyatida faoliyat körsatdi.

Nurotalik bu bağrikeng inson, iqtidorli ijodkor bilan öşanda tanişgan edim. Yaqingaça qöşni viloyat degan mintaqadan pişiq-puxta materiallar yuborişi, dösti, taniqli jurnalist Esirgap Boliyev bilan bahsma-bahsiga ijod qilişi havasimni keltirgan edi. Özi kamtar, kamgap bölsa-da, şeʼr öqiganda davraning eʼtiborini tortib qöyardi.

Yillar ötdi, M.Mardiyev Navoiy viloyati adabiy muhitining yetakçilaridan biriga aylandi. Uning şeʼrlari Toşkentda töplam bölib çiqdi. Maqolalari, esselari eʼtiborga tuşdi. Ayniqsa, hamkasblarimiz Mahmudjonni doimo kamtarlik timsoli sifatida körişardi. Çunki uning kibrini, maqtanganini heç kim eşitmagan ham, körmagan ham. Qarangki, ana şunday olijanob inson bu olamdan ham jimgina ötib ketdi. U yurak dardidan bevaqt vafot etdi. Yöq, Navoiy adabiy muhiti jimgina qarab turgan emas. Uning qalbi qalqib ketdi, qalbi yiğladi. Çunki ijodi kamolot çöqqisiga qarab borayotgan şoir va jurnalist yarim yölda qadamini töxtatdi…

Xudoning karomati möl: yaxşini ham, yomonni ham bizga doimo körsatib borguvçidir. U bu yölda Özini tanigan fidoyilarni yuborar ekan. Taniqli jurnalist, ijodkor Salima Umarova Yaratganning ana şu elçilaridan biri bölib çiqdi. Uning taşabbusi bilan M.Mardiyev qalamiga mansub şeʼr va hikoyalar, esselar töplanib, «Muharrir» naşriyotida «Sokin qönğiroq» nomi bilan çop etildi. Salimaning Mahmudjon hayoti va faoliyati bilan boğliq yozgan essesini öqib, töğrisi, juda taʼsirlandim. U marhum döstimizning siyratini nozik did, bepoyon qalb va ötli sözlar bilan juda çiroyli tasvirlagan.

Bu kitob Navoiyda M.Mardiyevning 70 yilligi munosabati bilan hamkasblarga, ijod ixlosmandlariga taqdimot qilindi. Töplanganlar Mahmudjonning xislatlari, ibratli işlarini qayd etdilar, şeʼrlaridan xuddi özi kabi jöşib öqib berdilar.

M.Mardiyev özining bir şeʼrida:

Olamning oromin tözğitib,

Qizaradi ufq yuzlari.

Hademay şuʼlalar kiradi,

Yurakda quyoşning izlari, - degan edi.

Darhaqiqat, Mahmudjon Mardiyev qisqa umrida şuʼla kabi yonib ötdi. Uning yuragidagi quyoş izlari esa hali-hamon iştiyoqmand qalblarga taft ulaşayotir. Ijodkorning abadiyati ham ana şu aslida.

Farmon Toşev.