Android qurilmalar uçun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş x

Tabiat gözalligi va ekologik masʼuliyat yoşlar nigohida

Samarqand şahrida "Mening dunyom – mening sanʼatim" (My World – My Art) nomli ijodiy körgazma taşkil etildi.

Viloyat ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi huzurida faoliyat yuritayotgan "Ekoköngilli yoşlar" klubi taşabbusi bilan ötkazilgan körgazmada ekologiya va sanʼat, tabiat gözalligi hamda yoşlar ijodkorligi özaro uyğunlaşdi.

Körgazmadan tabiatni asraş, uning betakror gözalligini aks ettiriş va atrof-muhit muhofazasiga bağişlangan yoş ijodkorlarning işlari örin oldi. Ijodiy asarlar «Tasviriy oyina» ijodiy uyuşmasi tomonidan saralanib, keng jamoatçilik eʼtiboriga havola etildi.

Tadbir davomida taşrif buyuruvçilar yoş rassomlar tomonidan yaratilgan tasviriy sanʼat asarlari orqali tabiat manzaralari, ösimlik va hayvonot dunyosi, mavjud ekologik muammolar hamda atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan ezgu ğoyalar bilan tanişdi.

- Körgazmada 35 tadan ziyod işlanmalarim taqdim etilgan bölib, ularning har birida ekologiyaning öziga xos jihatlarini tasvirlab berganman, - deydi Samarqand davlat texnika universiteti 3-bosqiç talabasi, yoş ekologlar harakati kengaşi ekodizayn menejeri Marjona Qurbonova. - Jumladan, köpçilikka manzur bölgan suratimda bitta köz içida butun dunyoda yuz berayotgan ekologik muammolar aks ettirilgan. Unda yerning qay darajada ifloslanayotgani, çiqindilarning duç kelgan joyga taşlab ketilişi hamda korxonalardan çiqayotgan turli çiqindilarning havoni ifloslaşi tasvirlangan. Bu kabi körgazmalar orqali har bir insonni, ayniqsa, yoşlarni ekologiyaga ehtiyotkorona munosabatda bölişga, tabiatga ziyon yetkazmaslikka çaqiriş va ekologik meʼyorlarga rioya qilişga undaydi.