Aleksandr Lukashenko mamlakat terror tahdidiga duch kelganini ta’kidladi

Sputnik Belarus nashri taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat yetakchisi bu haqda oltinchi Umumbelarus xalq yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘tkazilgan majlisda ta’kidlagan.

“Xo‘sh, temir yo‘lga chiqib, relslarni to‘sib qo‘yishlarni qanday baholash mumkin. Bu temir yo‘llardagi jiddiy halokatlarga, fojialarga va insonlar o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu terrorizm alomatlari bo‘lgan uyushgan jinoiy guruhlar faoliyati. Biz terroristik tahdidlarga duch kela boshladik”, deb alohida ta’kidladi Belarus yetakchisi.

Shu bilan birga, Aleksandr Lukashenko ruxsat berilmagan norozilik namoyishlarida ishtirok etgan oliy o‘quv yurtlari talabalarini o‘qishdan chetlatishga chaqirdi. Bu haqdagi videolavha “Pul Pervogo” telegram kanalida chop etildi.

“Talabalar o‘qish uchun kelishgan – o‘qishsin, kim xohlasa, o‘sha o‘qisin. Kim qonunni buzishga, ruxsat berilmagan namoyishga chiqqan bo‘lsa, u talaba bo‘lish huquqidan mahrum etiladi. Iltimos, ularni men aytganimdek, birini harbiy xizmatga, boshqasini ko‘chaga jo‘nating. Mayli, ko‘chada yurishsin. Ammo ular OTMdan chetlatilishi shart”, dedi Lukashenko.