Amerikalik ishsizlardan milliard dollar o‘g‘irlangan
AQShning Kaliforniya shtatida firibgarlar ishsizlarga yordam berish fondidan milliard dollarga yaqin pulni o‘g‘irlashdi, deb yozadi Politico gazetasi.
O‘g‘irlikka o‘n minglab mahbuslar jalb qilingan, deyiladi xabarda. Ishdan mahrum bo‘lgan 35 mingga yaqin mahbus moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Bunday arizalarning kamida 20 mingtasi qondirilgan. Sakramento okrugi prokurori Ann Shubert o‘g‘irlik ko‘lamini "hayratlanarli" darajada deya baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Kaliforniya tarixidagi soliq to‘lovchilar mablag‘idan foydalangan holda sodir etilgan eng yirik firibgarlikdir.
«Hozirda bir nechta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ammo pulning bir qismi allaqachon mamlakatdan olib chiqib ketilgan va uni xazinaga qaytarishning imkoni yo‘q», deya ta’kidlamoqda prokuror. Firibgarlar AQSh va boshqa mamlakatlarda ishsizlarga moddiy yordam uchun ajratilgan mablag‘ning atigi 8 milliard dollarni o‘g‘irlashi mumkin edi.
Buyuk Britaniya hukumat xatosi yoki ish haqini subsidiyalash dasturi doirasidagi firibgarlik tufayli sentyabr oyida 3,5 milliard funt sterling (4,6 milliard dollar)dan mahrum bo‘ldi.
G.XOLDOROVA tayyorladi.