AQShda turar joy binosi ustiga samolyot qulab tushdi
- 13.03.2019 09:46
- 77
- Xorij
Madeyra shahri Ogayo shtatidagi uylardan birining ustiga ikki motorli Piper PA-31 samolyoti qulab tushdi. Halokat oqibatida uchuvchi dunyodan ko‘z yumdi, deb xabar beradi News 5 Cleveland telekanali.
Qulab tushgach, samolyot yonib ketgan. O‘t o‘chiruvchilar uni o‘z vaqtida o‘chirishga ulgurishgan. Uy ichkarisidagi odamlarga ziyon yetmagan. Samolyot Brendon shahri, Missisipi shtatidagi kompaniyaga tegishli bo‘lib, Lunken aeroportidan uchgan. Bu samolyotda uchuvchilar manzarani tasvirga tushirayotgan edi.
Piperning halokati sababi hali ma’lum emas. Noxush hodisa bo‘yicha tekshiruv ishlari ketmoqda.
Eslatib o‘tamiz: avval Floridada aviahalokat oqibatida besh kishi, Missuri shtatida esa kichik samolyot qulashi tufayli bir kishi halok bo‘lgan edi.
Oydin YO‘LDOSHEVA tayyorladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa