AQShda yana otishma: qurbonlar orasida bolalar bor

AQShning Dallas shahrida joylashgan savdo markazida otishma yuz berdi. Politsiya ko‘plab qurbonlar haqida ma’lum qilgan, ular orasida bolalar ham bor, deya xabar beradi mahalliy OAV.

Qo‘ng‘iroq bo‘yicha yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari mojaroni bartaraf qilgan. Qurbonlar haqida xabar berilgan, ammo ularning soni aytilmagan. 5 yoshdan 61 yoshgacha bo‘lgan to‘qqiz nafar yarador kasalxonaga yotqizilgan.

Bir hafta oldin Texasda bir kishi o‘q uzishni bas qilishni so‘raganida besh nafar qo‘shnisini otib tashlagan edi.

Bungacha Texasda bitiruvchilar ziyofatidagi otishmada to‘qqiz nafar o‘smir yaralangan edi.