AQShning eng yirik banknotasi qaysi edi?

Sir emas, hozirda AQShning eng yirik puli – bu 100 dollarlik banknota.

Ammo 1929 yildan 1945 yilgacha 500, 10 000 va hatto 100 000 dollarlik kupyuralar bo‘lgan. Ushbu apelsin rangli banknotalar faqat maxsus ijroiya organlari o‘rtasidagi hisob-kitoblar uchun chiqarilgan, xolos.

Elektron operatsiyalari rivojlanib borishi bilan bir qatorda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida ushbu banknotalar chiqarilishi to‘xtatilgan. Lekin bugungi kunda bu banknotalar saqlanib qolingan, ammo juda oz miqdorda. Bunday kupyuraga ega odamlar bugun ham Amerika yoki dunyoning boshqa mamlakatlarida bor. Ular xarid uchun do‘konda bu puldan foydalanishi mumkin, lekin unday qilishmaydi. Chunki kolleksionerlar bu banknotalar uchun katta miqdorda pul to‘lashadi.