Barcha vositalar fuqarolarga yordam rejimida

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida amalga oshirilgan tub islohotga ham yetti yildan oshdi. Ungacha holat qanday bo‘lganini bugun ko‘pchilikning eslagisi kelmaydi. Hujjatbozlik, ularni tasdiqlatish uchun eshikma-eshik yurish, mas’ullarning “qovog‘i”ga qarab “ish bitirish”dan barcha charchagan edi. Islohot sabab bu muammolardan qutuldek, inson qadri qaror topdi.

Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan joriy yilning o‘tgan vaqtida fuqarolarga 105 mingga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi. E’tibor bering, bu bor yo‘g‘i 8 oylik ko‘rsatkich. Uning tarkibiga ID karta olish (341199 ta), xorijga chiqish pasportini olish (11700 ta) singari murakkab xizmatlar ham kiradi. E’tiborlisi, fuqarolar ulardan foydalanish uchun uyidan chiqmagan holda, Yagona portal orqali buyurtma berishi ham mumkin.

Markazning o‘zida ham barcha vositalar fuqarolarga yordam rejimida ishlamoqda. Uning kirish qismida joylashtirilgan elektron navbat apparati odamlarning bir joyda to‘planib qolishi, tartibsiz kelib chiqishining oldini oladi. Aholiga qulay muhit yaratish maqsadida binoda mutolaa burchagi, bolalar xonasi, tamaddi qilish uchun shoxobcha tashkil etilgan. Markaz haftaning shanba kuni ham ish faoliyatini davom ettirib, fuqarolarga ishidan ajralmagan holda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda.

Hojibek ISOQOV,

Samarqand shahar Davlat xizmatlar markazi 

katta mutaxassisi.