Bir kunlik ochlik

Bu amaliyot asrlar davomida qo‘llanib kelinadi. Salomatlikni mustahkamlab, tanaga tetiklik va yuqori kayfiyat beruvchi bu odat sog‘lom hayot uchun muhim vosita sanaladi. 

Qisqa muddatli ochlikning foydali tomonlari nimada?

Tanani tozalaydi. Bir kunlik ro‘za organizmning ovqat hazm qilish faoliyatiga tanaffus beradi va tananing o‘z-o‘zini tozalash jarayonini faollashtirishadi. Oqibatda jigar hamda buyrak toksinlardan xalos bo‘ladi, tanaga yengillik hissini beradi, umumiy salomatlik yaxshilanadi.

Ishtahani tartibga soladi

Kunlik ro‘za tutish ishtaha va ovqatlanish jarayonini tartibga soladi, ortiqcha vaznni nazorat qilish imkonini beradi.

Metabolik foydasi

Tadqiqotlar bir kunlik ro‘za metabolizm jarayonini yaxshilashini ko‘rsatdi. U tana hujayralarini tiklashi bilan butun organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega.

Hayotiylik va aqliy ravshanlikni oshiradi

Ko‘pchilik odamlar bir kunlik ro‘zadan keyin o‘zlarida ijobiy quvvat oqimi hamda fikr ravshanligini sezishganini bildirishgan. Shuningdek, qisqa muddatli ochlik saraton xavfini kamaytirish, asab tolalarini mustahkamlash, allergiya hamda qandli diabetning oldini olish, teri parvarishida ham samarali ta’sirga ega.

D.Xoliqova tayyorladi.