Bolalarning vaqti zoye ketmaydi

Samarqand tumanining so‘lim Ohalik qishlog‘ida joylashgan “Alpomish” bolalar yozgi oromgohida ayni damda 200 nafar bolajon hordiq chiqarmoqda. Ertamiz egalarining vaqtini har tomonlama maqsadli tashkil etish uchun jarayonga 34 nafar tajribali pedagog, trener, tibbiyot, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari jalb qilingan.

Oromgohda shaxmat va shashka, basketbol, voleybol, tennis, qo‘g‘irchoq teatri, mohir qo‘llar, doira va gitarada chalish, mental arifmetika, raqs, ingliz va rus tili, rassomlik, dizayn singari yigirmadan ortiq to‘garaklar faoliyat olib bormoqda.

Shuningdek, unda reja asosida turli ma’naviy-ma’rifiy va sog‘lomlashtiruvchi sport tadbirlari tashkil etiladi. “Oromgoh malikasi”, “Alpomish o‘g‘lonlari”, “Quvnoq startlar”, “Biz giyohvandlikka qarshimiz”, “Kitobsevar”, “Zakovat” nomli tadbirlar shular jumlasidan.

Sh.SADINOV,
“Alpomish” bolalar
oromgohi direktori