Bolgariya saylovlardan charchagan
Bugun Bolgariyada so‘nggi yetti oy ichida uchinchi saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi davlat rahbari Rumen Radev ikkinchi prezidentlik mandati uchun kurashmoqda.
Shuningdek, mamlakat parlamentidagi 240 o‘rin uchun 20 ta siyosiy partiya va 7 ta koalitsiya vakili bo‘lgan 5067 nomzod kurash olib bormoqda. Bolgariya aprel oyidan buyon koalitsion hukumat tuzish harakatida.
Saylovchilar charchagan – so‘rov ishtirokchilarining aksariyati ovoz berishga tayyor etmasligini bildirdi.
"Menimcha, natijalar avvalgisidan farq qilmaydi. Vaziyat ham bir xil bo‘ladi. Men ular qandaydir hukumat yig‘a olishiga umid qilaman. Lekin bizni endi ovoz berishga to‘g‘ri kelmaydi deb ishontirishiga qaramay bu qiyin bo‘ladi”, deydi mahalliy fuqarolardan biri.