Bugun kechqurun Oy Yupiter va Saturnga yaqinlashadi
- 02.08.2020 18:55
- 269
- O'qing, qiziq!
Avgust oyida Oy uchta sayyoraga yaqinlashadi va bu hodisalarni oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin. Bu haqda Ural Federativ universiteti o‘quv astronomik rasadxonasi xabar qildi, deydi “TASS”.
Astronom so‘zlariga ko‘ra, 2 avgust kechasi va 3 avgustda osmonning janubiy qismida Yerning sun’iy yo‘ldoshi Yupiter va Saturn bilan, 9 avgust kuni ertalab Mars bilan yaqinlashishini ko‘rish mumkin.
Professor Sanakayevning ta’kidlashicha, teleskop yoki durbin yordamida Vesta asteroidi bilan Merkuriyning yaqinlashishini kuzatsa bo‘ladi. Bu tomosha osmonning shimoliy-sharqiy qismida, ufqdan pastda paydo bo‘ladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Mutolaa: Qo‘lingizni bering, akamullo...
- Kecha, 13:02
- Mutolaa
Meni kechir, jon bolam!
- Kecha, 12:52
- Mutolaa