"Butunjahon tozalik kuni" keng nishonlanmoqda!
Urgut tumanida tashkil etilgan aksiya doirasida, istirohat bog‘i, markaziy ko‘chalar, tashkilotlar atrofi va jamoat joylardagi qattiq va maishiy chiqindilarni tozalash, daraxt va butalarga shakl berish hamda sug‘orish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, tumandagi mavjud 120 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida yurtimiz obodligiga befarq bo‘lmagan ko‘ngillilar va faol yoshlar tomonidan ko‘chalar, qabristonlar, yashash uylari atroflari tozalanib, manzillardan mavjud chiqindilar olib chiqilib, joylarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Aslini olganda tozalikni ta’minlash har birimizning fuqarolik burchimizdir. Shunday ekan, bu kabi amallar nafaqat, yilning aynan bir kunida, balki har kuni bajarilishi lozim. Shundagina biz yashayotgan sayyorada tozalik, ozodalik, pokizalik hukm suradi.