Dizaynerni o‘ldirishda gumonlangan shaxs qamoqqa olindi
Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dizayner Nariman Grigoryan qasddan o‘ldirilganligi holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov davomida jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Tergov yakuni bo‘yicha batafsil axborot beriladi.