Dunyodagi eng boy boshpanasiz odam
"Tin-Kan-Kurt" laqabi bilan tanilgan Kurt Degerman 40 yil davomida Shvetsiyaning Shellefteo shahri ko‘chalarida qashshoqlikda yashagan. U iflos ko‘ylak va yirtilgan shim kiygan holda sarson-sargardonlikda velosepedda shahar kezib yurgan.
Kurt tunuka qutilarni yig‘ib sotadi, axlat konteynerlarida o‘ziga oziq- ovqat topib iste’mol qiladi.
2008 yilda u 60 yoshida yurak xurujidan vafot etadi. O‘limidan keyin Kurtning katta siri oshkor bo‘ladi - u millioner va moliyaviy daho bo‘lgan ekan.
Qo‘nimsiz hayoti davomida Kurt har kuni Shvetsiyaning "Dagens Industri" ishbilarmonlik gazetasini o‘qish uchun kutubxonaga borgan, pul tejagan, bozorni yaxshi bilgan va barcha topgan pullarini turli aksiyalarga sarmoya qilgan, o‘z bilimi tufayli u fond birjasida muvaffaqiyatli bitimlar tuzgan.
O‘limidan so‘ng, Kurt Degermanning 1,16 million dollarlik aksiyalari, 413 543 dollarlik 124 ta oltin quymalari, bank hisobida yaxshigina puli borligi ma’lum bo‘ldi.
U butun boyligini undan muntazam xabar olib turgan tutingan ukasiga vasiyat qilib qoldirgan. Lekin Shvetsiya qonunlariga ko‘ra, barcha mulkni faqat Degermanning amakisi meros qilib olish huquqiga ega edi. Meros uchun kurashda sud jarayoni boshlandi, keyinchalik tomonlar murosaga kelishadi.