Dunyodagi noodatiy teatrlar

Dunyodagi eng kichik teatr Avstriyaning Villah shahrida joylashgan bo‘lib, u “Kremlhof Theater” (Kreml saroyi) deb ataladi. Rasmiy ravishda “Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan teatr sahnasining o‘lchami 1,3x1,3 metr bo‘lib, ufaqat sakkiz nafar tomoshabinni sig‘dira oladi.

Teatrning ochilishi teatr san’ati rivojlanishini rag‘batlantirish uchun mo‘ljallangan 5-VADA biyennalesi (har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan san’at ko‘rgazmasi)doirasida bo‘lib o‘tdi. Sahnada nafaqat mahalliy aktyorlar o‘ynaydigan spektakllar, balki gastroltomoshalari, musiqiy kechalar o‘tkazilib kelinadi, qizig‘i, Avstriyada joylashgan bu teatrda aksariyat spektakllar rus tilida ijro etiladi.

***

AQShdagi Barter teatri (Barter Theatre) nafaqat mamlakatdagi eng qadimgi professional teatr ekanligi, balki chipta to‘loviga o‘zgacha yondashuvi bilan ham mashhur. Uning tarixi Buyuk depressiya davriga borib taqaladi, o‘shanda odamlarda spektakl tomosha qilish uchun haqiqiy pul to‘lashning iloji bo‘lmagan. Shunda sahna asoschisi Robert Porterfild tomoshabinlarni teatrga tashrif buyurish quvonchidan mahrum qilmaslik maqsadida ularga chipta sotib olish uchun an’anaviy pul o‘rniga oziq-ovqat olib kelishlarini aytib, o‘ziga xos yechim topgan.

Tomosha narxi 40 syent edi va aynan shu hisob-kitobdan kelib chiqib tovar ekvivalenti o‘rnatildi. Bir necha o‘n yillar o‘tib ketgan bo‘lsa-da, bu yerda barter prinsipi saqlanib qolindi va bu “fishka” teatrning shaxsiy xususiyatiga aylandi. Endilikda teatr bir yilda bir marta spektakl tomoshasi uchun to‘lovni oziq-ovqatmahsulotlarida qabul qiladi.

***

Buyuk Britaniyaning Bagnor shaharchasidagi “Suv tegirmoni” teatri tarixi 1830 yilga borib taqaladi. Dastlab makkajo‘xori tegirmoni va qog‘oz fabrikasi sifatida xizmat qilgan bino hali ham o‘zining me’moriy xususiyatlarini saqlab qolgan va yoshi katta bo‘lishiga qaramay, u zamonaviy texnologiyalarni xayrixohlik bilan qabul qildi.

 

O‘tgan asrning oltmishinchi yillari boshlarida Devid Gollins (David Gollins) tegirmon binosida kichik professional teatr yaratishga qaror qildi. 1981 yilga kelib, Jill Freyzer va uning turmush o‘rtog‘i Jeyms Sargant teatr egalariga aylandi.Aynan ular tufayli Suv ​​tegirmoni butun dunyobo‘ylab shuhrat qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

***

Dalxalla (Dalhalla) teatri Shvetsiyaning Dalarna provinsiyasidagi ohaktosh karyerida 60 metr chuqurlikda joylashgan. Ushbu teatrning paydo bo‘lishi asnosida opera qo‘shiqchisi Margareta Delleforsning xizmatlari yotadi. O‘z loyihasi uchun yangi konsyert maydonini izlayotgan shijoatli qo‘shiqchining g‘ayrati va g‘oyasidan tashqari na puli, na aloqalari bor edi. Va u izlab yechim topdi!

Margareta mahalliy ma’muriyat bilan muzokara olib borishga harakat qildi. U karyerga tushib, qo‘shiq kuylay boshlamaguncha, amaldorlar uning intilishlarini aniq tushunolmay turgan edi. 1993 yilda Dalhalla teatrida katta muvaffaqiyat bilan birinchi konsyert tomoshalari bo‘lib o‘tdi.

***

Sukunat teatri (Teatro del silenzio). 2006 yilda zamonamizning eng buyuk tenorlaridan biri Andrea Bochelli tabiatning o‘zi tepaliklardatabiiy ochiq teatr yaratgan joy, Toskananing go‘zal landshaftlari orasidagi o‘zi tug‘ilgan shahar Layatikodagi ochiq konsyert maydoniga asos soldi.

Maestroning g‘oyasiga ko‘ra, noyob teatr yiliga 364 kun “jimlik”da bo‘lib, faqat bir oqshomdajonlanadi. Bu oqshom teatr tomoshabinlar bilan gavjum bo‘lib, sahnada Andrea Bochyellining o‘zidan tashqari dunyoga mashhur musiqachilar va qo‘shiqchilar ham chiqish qilishadi.

Har yili “Sukunat teatri uchun noyob bezaklarni yaratish maqsadida bu yerga ularning vazifasi - niqob ostida yashiringan xotirjaminson qalbini teatr g‘oyasida mujassamlashtiribifoda etishdan iborat bo‘lgan dunyodagi eng mashhur haykaltaroshlar va dizaynerlar taklif qilinadi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.