Eron – Isroil ziddiyati: AQSh mojaroga qo‘shiladimi?

▪️ Trampning milliy xavfsizlik jamoasi bilan favqulodda uchrashuvi yakunlandi. Eron va Isroil atrofidagi vaziyat bir soatdan ortiq muhokama qilindi. Tramp AQSh Eron havo hududi ustidan to‘liq nazorat qilayotligini aytdi va Eronning “so‘zsiz taslim bo‘lishini” talab qildi.
Tahlilchilarning fikricha, katta ehtimol bilan Eronni “siquv” boshlanadi. Tramp Isroilga Eron yadroviy inshootlariga, jumladan, yadroviy inshoot - Fordoga zarba berishda yordam berishi mumkin.

▪️ Agar Vashington Isroilning Eron bilan mojarosiga qo‘shilsa, Eron AQShning mintaqadagi bazalariga zarba berish uchun raketalarni allaqachon tayyorlagan, deb yozadi The New York Times.
Qayd etilishicha, AQShning mintaqadagi qo‘shinlari ehtimoliy zarbalar tufayli yuqori shay holatga keltirilgan.

▪️ Eron valiahd shahzodasi eroniklarga murojaat qilib, xalqni isyonga chaqirdi. "Humanai xuddi qo‘rqib ketgan sichqondek yer ostiga yashirinib, vaziyat ustidan nazoratni yo‘qotmoqda. Boshlangan ish orqaga qaytarilmas", dedi oxirgi Eron shohining o‘g‘li Rizo Pahlaviy.