Harbiy prokuror va zobitlar maktab va bog‘chaga bordi
Samarqand shahridagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Prokuror va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Samarqand harbiy prokuraturasi va Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi zobitlari o‘quvchi-yoshlar bilan harbiy xizmat, ona vatanga sadoqat, kelajak orzulari haqida suhbat o‘tkazdi.
Samarqand harbiy prokuraturasi xodimlari maktab o‘quvchilariga tarixiy kitoblar, sport anjomlari sovg‘a qildi, bog‘cha tarbiyalanuvchilariga esa o‘quv qurollari taqdim etdi.