Ijod yosh, mansab tanlamaydi

    Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida ijodkorlar ishtirokida "Ikki avlod uchrashuvi" deb nomlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.

       Jomboy tumani hokimi, yozuvchi Abduqayum Sobirov hamda tumanda faoliyat yuritayotgan "Umid" ijodiy klubining a’zolari tadbir mehmoni bo‘lishdi.

    Tadbirda Abduqayum Sobirov bugungi kunda tumanda qilinayotgan ma’naviy-ma’rifiy va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, to‘garak faoliyati hamda kitobxonlik borasidagi ishlar to‘g‘risida so‘zladi. Yaqin kunlarda tuman markazida kutubxona ochib, ishga tushirish rejasi borligini ta’kidladi.

       Qizg‘in suhbat javoblar mushoiraga ulanib ketdi. Ijodkorlar Vatan, kitob, ona, tabiat, insoniylik mavzulardagi she’rlarini o‘qishdi. Uyushma a’zolari, shoira Hamida Karimova, Oyxumor Asadova, Zuhra Begim va boshqalar kitob va kitobxonlik haqida fikr-mulohazalarini bildirdi, she’rlaridan namunalar aytdi.

    Viloyat va tuman ijodkorlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari kelishib olindi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi.