Ilk bor o‘quvchilarga maktab formalari tarqatildi

Narpay tumanida “Temir daftar”ga kiritilgan 394 ta oilaning 702 nafar maktab yoshidagi bolalariga 224 million so‘m hisobiga maktab formalari olib berish rejalashtirilgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati zarnews.uz’ga xabar bermoqda.

Bugun 149 ta oilaning 304 nafar 1-4 sinflarda o‘qiydigan farzandlariga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan zamonaviy maktab formalari tarqatildi.

Ma’lum qilinishicha, 15 avgustga qadar 5-11 sinflarda tahsil oladigan yana 398 nafar o‘quvchiga ushbu turdagi kiyim-kechaklar tarzda yetkazib beriladi.