Iqlim umrni qisqartiradi
Bangladeshdagi Shohjalol universiteti olimlari AQSh mutaxassislari bilan birgalikda global isish inson hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi.
Xususan, yillik xavo haroratini o‘rtacha atigi 2 darajaga ko‘payishi erkaklar umrini olti oyga qisqartirar ekan. Xotin-qizlarni umri esa bundan ko‘proq - 10 oyga qisqarar ekan.
«Bu tadqiqotlar xulosasi xavotirli, - deydi muallif Amit Roy. - Iqlim o‘zgarishi xaqiqatan ham millionlab kishilarning salomatligiga jiddiy tahdid soladi. Bunga jamoat sog‘ligining inqirozi deb qarash kerak».
Oydagi kutilmagan holat
Bir necha davlatlar yaqin kelajakda Oyda baza qurish taraddudida. Ammo kutilmaganda baza qurilishiga xalaqit beradigan holatlar ma’lum bo‘lib qoldi, bu rejada ko‘zda tutilmagan edi.
Oyda havo yo‘qligi azaldan ma’lum. Uni suvdan olish mumkin, Oyda esa biz tasavvur qilganday bo‘lmasa-da har holda suv bor. Shunday ekan, hozircha nazariy jihatdan Oy mustamlakachilari ehtiyoji uchun obi-hayot olish ilinji bor. Ammo turar-joy masalasi muammo bo‘lib turibdi. Uni Oy ostida yerto‘la shaklda qurish mumkin. Ammo bu oson emas ekan. Gap shundaki, tadqiqotlarga ko‘ra yildan yilga Oy silkinishi ortib boryapti. Bu holat esa Oyda turar-joy qurish muammosi bilan birga qurilishni ana shu silkinishga dosh berishi haqida o‘ylab ko‘rishni taqozo qiladi.
T.Shomurodov tayyorladi.