Komil Rashidov: Tinchlik kengashi O‘zbekiston tinchlikparvar diplomatiyasining uzviy davomi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat masalalari qo‘mitasi rahbari, yuridik fanlari doktori, professor Komil Rashidov «Dunyo» axborot agentligi uchun yangi, ko‘p tomonlama tuzilma – Tinchlik kengashini ishga tushirishda O‘zbekistonning o‘rni haqida fikr bildirdi:
«Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yilning 22 yanvar kuni BMT xavfsizlik kengashining rezolyusiyasi bilan qo‘llab-quvvatlangan G‘azo sektoridagi mojaroni to‘xtatish bo‘yicha kompleks rejani amalga oshirish doirasida Davosda (Shvetsariya) O‘zbekiston nomidan Tinchlik kengashining eskalatsiya xavfini kamaytirish, G‘azo sektorini iqtisodiy va ijtimoiy tiklash uchun qulay muhitni yaratishga qaratilgan nizomni imzoladi.
Tinchlik kengashining tashkil etilishi O‘zbekistonning nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, bu yo‘lda tinchlik tashabbuslari va ko‘p tomonlama hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashqi siyosiy qarashlariga mos keladi. Ushbu muhim yo‘lda O‘zbekiston ko‘p vektorli va pragmatizmga amal qiladi, hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida jahon hamjamiyati bilan do‘stona va ko‘p qirrali munosabatlarni, qo‘shni davlatlar bilan mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni har tomonlama mustahkamlaydi va rivojlantiradi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi, qonun, konsepsiyalari va doktrinalarida tashqi siyosatning Konstitutsion-huquqiy tashqi siyosati va tinchliparvar tashqi siyosati belgilab berilgan bo‘lib, bu normalar O‘zbekistonning Tinchlik Kengashi tashkil etishda ishtiroki va uning Ustavini imzolashga to‘la huquq beradi.
Ustav hujjatiga qo‘l qo‘yish orqali O‘zbekiston uning ta’sischi-davlatlaridan biriga aylandi. O‘zbekiston parlamenti tomonidan Tinchlik kengashi Ustavi ratifikatsiya qilinishi bo‘yicha qonun qabul qilingandan so‘ng mamlakatimiz izchil tarzda kengash ishi hamda ta’sischi davlatlar va xalqaro hamkorlar bilan birgalikda mandatning amaliy harakatlariga o‘z hissasini qo‘shadi.
O‘zbekistonning Tinchlik kengashi kabi xalqaro tuzilmalar tashkil etishdagi ishtiroki uning tinchlikparvarlik yo‘lidagi ilk tashabbusi emas. Masalan, O‘zbekiston ShXT, FXX va boshqa xalqaro tashkilotlarning to‘laqonli ta’sischi davlati, shuningdek, Markaziy Osiyoda yadroviy quroldan xoli hududni tashkil etish, Markaziy Osiyoning mintaqaviy va xalqaro rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan BMT Bosh Assambleyasi rezolyusiyalarini qabul qilish kabi vazifalarni amalga oshirgan.
Darhaqiqat, 2016 yildan keyin barcha xalqaro maydonlarda O‘zbekistonning tashabbuslari yangrab, amaliyotga joriy etilmoqda, bu – o‘zaro qullab-quvvatlash, hamkorlik, tinchlik va totuvlik asosida mamlakatimiz hamkorligining ikki va ko‘p tomonlama formatlarini rivojlantirish tamoyiliga mos keladi.
BMTning ustav va dasturiy hujjatlari tinchlik, adolat, taraqqiyot yo‘lidagi sheriklik sifatida aks ettiruvchi Davosda tashkil etilgan Tinchlik kengashi barcha xalqlarning tinch-totuv yashashi tamoyilini amalga oshirishiga ko‘maklashadigan yana bir muhim xalqaro maydon bo‘lishiga ishonaman».