Kompozitor yangi bastalagan asarlarini san’atsevar yoshlarga tuhfa etdi

Kattaqo‘rg‘on shahar 2-son bolalar musiqa va san’at maktabida mahorat darsi tashkil qilinib, yosh kompozitor Mehroj Muxtorov bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Unda o‘quvchilar kompozitorning asarlaridan ijro etdi. Shuningdek, kompozitorning yangi nashr qilingan fortepiano uchun to‘plami taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida M.Muxtorov eng yaxshi ijro etgan o‘quvchilarga bastakorlikka oid o‘zi yozgan kitobni sovg‘a qildi.