Kosmonavtlar nega yig‘lolmaydi?
1. Sevgan kishingizga qaraganingizda qorachig‘lar 45 % ga kattalashadi.
2. Dunyodagi xech bir odam ko‘zlarini ochib aksirolmaydi.
3. Inson ko‘zlarining hajmi tug‘ilganida qanday bo‘lsa, umri davomida o‘zgarmay qoladi.
4. Kosmonavtlar fazoga chiqqanlarida yig‘lay olmaydilar. Gravitatsiya tufayli ko‘z yoshlar mayda pufakchaga aylanib, ko‘zni achishtiradi.
5. Go‘dak to ikki haftalik bo‘lmaguncha ko‘zidan zarracha yosh chiqmaydi.
6. Har bir ko‘zda 107 milliondan ortiq hujayra bo‘lib, ularning bari yorug‘likni sezadi.
7. Ayollar erkaklarning ko‘ziga qarab, ularning asl maqsadini aniqlab olishlari uchun 8 soniya kifoya.
8. Go‘daklar 38 santimetr uzoqlikdagi narsalarnigina ko‘ra oladilar. Buni qarangki, ona o‘z farzandini emizayotganda uning yuzi boladan taxminan shuncha masofada bo‘larkan.
9. Ko‘zga biror narsa tushganida, yig‘layotganda, yoki esnaganda ko‘zyoshining tarkibi o‘zgarib turadi.
10. Turli infeksiya va viruslar xuddi burun va og‘izdan kirgani kabi ko‘z orqali ham organizmga tushishi mumkin.