Maktab maydonidagi noqonuniy qurilish to‘xtatildi

2017 yil 17 oktyabrda tuman hokimining 2668-Q sonli qarori qabul qilingan. Unga ko‘ra, mahallada yashovchi fuqaro E.Tugalov tomonidan maktab hududidan 120 kvadrat metr yer maydonida homiylik mablag‘i asosida qurilish ishlarini viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda, ART va loyiha hujjatlari asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Fuqaro E.Tugalov tomonidan qurilish ishlari o‘zboshimchalik bilan olib borilganligi natijasida tuman hokimligi hamda aloqador tashkilotlar bilan hamkorlikda ob’yekt­da qurilish ishlari to‘xtatildi".