MDHning mergan qizlari “To‘maris kubogi”da jam bo‘ldi

Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida kamondan otish bo‘yicha ayollar o‘rtasida ilk bor “To‘maris kubogi” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.

Turnirda O‘zbekiston sportchilaridan tashqari Qozog‘iston, Gruziya, Ukraina, Rossiya, Tojikiston va Qirg‘izistonning 50 nafardan ortiq mahoratli sportchilari ishtirok etmoqda.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimining o‘rinbosari, turizm va sport boshqarmasi boshlig‘i B. Nurillayev, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti O. Imomov mamlakatimizda sportni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sportchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni alohida ta’kidladi. Xalqimiz tarixida sarkardalik, merganlik bobida o‘ziga xos nom qozongan To‘maris nomi bilan atalgan musobaqa yosh merganlarni qo‘llab-quvvatlab, ularga nufuzli xalqaro turnirlarga tayyorlashga xizmat qilishini qayd etdi.

Musobaqa 29 oktyabrga qadar davom etadi.